Ikki kunlik tur — bir kunlikka sig‘maydigan yo‘nalishlar uchun. Odatda bir kecha tunash bilan bo‘ladi: mehmonxonada, dam olish maskanida, turbazada yoki, Orol ekspeditsiyasidagi kabi, o‘tovda.
Toshkentga yaqin variantlar — Chimyon mehmonxonalari, Angren yaqinidagi Yangiobod turbazasi va Zomin tog‘lari. Ko‘l bo‘yida dam olish uchun — Aydarko‘l. Tarixiy shaharlarga — Samarqand, Buxoro va Farg‘ona vodiysiga tezyurar poyezdda, Turkistonga esa chegara orqali Qozog‘istonga.
Eng uzoq yo‘nalish — Qoraqalpog‘iston: Nukusgacha samolyotda uchib, Ustyurt platosi, Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoni va Orol dengizi bo‘yida o‘tovda tunash.












