Ma'lumotlarni o'chirish
Oxirgi yangilanish: 2026-yil noyabr
Turagentliklar Direct xabarlari va izohlarga bir joydan javob berish uchun o'z Instagram akkauntini TripHub agentlik kabinetining «Chatlar» bo'limiga ulashi mumkin. Bu sahifada qanday ma'lumot saqlanishi va uni qanday o'chirish mumkinligi yozilgan.
Nimani saqlaymiz
- Ulangan agentlik Instagram akkauntining identifikatori, foydalanuvchi nomi va nomi.
- Meta bergan kirish kaliti — shifrlangan holda.
- Agentlikka va agentlikdan yuborilgan Direct xabarlari va izohlar: matn, vaqt va ilova turi. Rasm, video va fayllarning o'zini saqlamaymiz.
- Agentlikka yozgan odamlarning identifikatori, foydalanuvchi nomi va ismi.
Agar siz agentlik bo'lsangiz
- Agentlik kabineti → Chatlar → Kanallar → Instagram yonidagi «Uzish». Kirish kaliti darhol o'chiriladi, yangi xabarlar kelmaydi.
- Saqlangan yozishmalarni ham o'chirish uchun kabinet egasining pochtasidan contact@triphub.uz manziliga agentlik nomi va Instagram akkauntini yozib yuboring.
Agar siz agentlikka Instagram'da yozgan bo'lsangiz
contact@triphub.uz manziliga Instagram foydalanuvchi nomingizni va, bilsangiz, agentlikni yozing. Xabarlaringiz, izohlaringiz va profil ma'lumotlaringizni barcha agentlik kabinetlaridan o'chiramiz.
Meta tomonida ruxsatni bekor qilish
TripHub ilovasining ruxsatini Meta tomonida ham bekor qilish mumkin: biznes portfolio sozlamalarida (Integrations → Connected apps) yoki Instagram'da: Sozlamalar → Ilovalar va saytlar.
So'rovlar 30 kun ichida bajariladi; o'chirilganini javob xati bilan tasdiqlaymiz.